понедельник, 23 марта 2015 г.

"aqqa-baqqa"

  Samarqand tomonlardan Toshkentga mehmon bo’lib kelgan bir otaxon zerikib, Taxtapuldagi chollar choyxonasiga chiqibdi. Bir vaqt gurung boshlanib ketibdi. Chollardan biri mehmonni hazil aralash laqillatmoqchi bo’libdi:
-          Bu deyman,mehmon, ikki gapning birida “aqqa”, “baqqa” deysiz. Bizda “baqa” deb qurbaqani aytadi...
Hamma “gurr” etib kulib yuboribdi. Mehmon ham, gapga chechangina odam ekan, tap tortmay javob qilibdi:
-          O’zlariyam ikki gapning birida “olovuz”,berovuz”, “ketovuz” deyapsiz. Nuqul “hovuz”dan chiqmay qoldingiz. Endi, taqsir, “hovuz” bor joyda “baqa” ham bo’ladi-da!
Yana kulgu ko’tarilibdi...
Biri bo’lgan joyda-ikkinchisi ham bo’ladi.
Oddiy,ammo qiziq gap.
Oqni-oq,qorani-qora deydilar. Hech kim (agar esi butun bo’lsa) oqni-qora, qorani-oq demaydi. Moldavanlar ham, tojiklar ham, gurjilar ham...



********



  Odam bilan ayiq polvon do’st tutinishibdi. Ular chunonam birodar bo’lib ketishibdiki, biri uchun ikkinchisi jonini fido etishga ham rozi ekan. Bir kuni ayiq qarasa, jon do’sti inson soya-salqin joyda maza qilib uyquni urayapti. Shu topda allaqayoqlardan bir xira pashsha kelib, odamning peshonasiga, labiga, burniga qo’naverib, bezovta qilibdi. Buni kuzatib turgan ayiqvoyning qo’stiga rahmi kelib, pashshani o’ldirmoqchi bo’libdi. Shu maqsadda qo’liga katta boltani olibdiyu, birodarining peshonasiga qo’nib turgan pashshani mo’ljallab solibdi. Xira pashsha uchib ketibdiyu,odamning kallasi qoq yorilib, shu zahoti jon taslim qilibdi.
   Demak: kim bilan do’st bo’lishni bilish kerak. “Ayiqlik himmati”(“медвежаья услуга”) degan naql shunda paydo bo’lgan. “Do’sti nodondan dushmani dono ortiq” degan gap ham bor.



********


   Riyoziyotda shunday qonun bor. Qo’shilmalar yoki ko’paytmalarning o’rni almashgani bilan olinayotgan natija, yig’indining miqdori o’zgarmaydi. To’qson to’qqizga birni qo’shsangiz ham, birga to’qson to’qqizni qo’shsangiz ham yuz bo’ladi. Ikkiga beshni yoki beshga ikkini ko’paytganda ham o’n bo’lgani singari. Mantiqda esa ahvol o’zgacha. “It insonning qo’sti” desak, bu yaxshi. “Insonning do’sti it” bo’lsachi?..
Mahsulot tannarxi va baho bilan shug’ullanuvchi bir muassasaga iqtisodchi kerak bo’lib qolibdi. Bir o’ringa ikki mutaxassis da’vogar bo’lgan ekan,o’ziga xos saralash “musobaqasi” o’tkazilibdi. Har ikkalasiga bir xil savol berishibdi:
-          Ikki karra ikki qancha bo’ladi?
Birinchi da’vogar tap tortmay javob qaytaribdi:
-          To’rt bo’ladi!
-          Barakalla!-deyishibdi unga. – siz bo’shsiz, ketavering.
Ikkinchi da’vogardan so’rashibdi:
-          Xo’sh, Siz nima deysiz? Ikki karra ikki qancha bo’ladi?
-          Sizga qancha kerak?-savolga savol bilan javob qaytaribdi u.
-          Biz istagan odam Siz ekansiz. Marhamat, ishga kirishing...


Комментариев нет:

Отправить комментарий